Ikki noma’lum kimsa Moskva shimoli-sharqida ishsiz fuqaroni 8 million rubldan oshiq summaga tunab ketdi. Bu haqda poytaxt politsiya boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“4-avgust, payshanba kuni soat 9:43 da politsiyaga 1969-yilda tug‘ilgan ishsiz fuqarodan unga o‘zi ro‘yxatdan o‘tgan Leskov ko‘chasidagi 9-uy oldida noma’lum kishilar hujum qilgani haqidagi xabar keldi. Aytishicha, 9:30 da ikki kishi uni kaltaklab, 125 ming dollarini tortib olgan va avtomobilda yashiringan. Moddiy zarar 8,3 million rublni tashkil etdi”, — deya xabar beradi matbuot xizmati.
Erkak kasalxonaga yetkazildi va tibbiy yordam ko‘rsatilgach, ketishiga ruxsat berildi. Hodisa yuzasidan “Talonchilik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Izoh (0)