Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan Anqaraga boradi, deb yozadi “TASS”.
“Ixlos” agentligi ta’kidlashicha, Turkiya 15-iyul kungi davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin birinchi marta chet el yetakchisini qabul qiladi.
Turkiya prezidenti ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston yetakchisining samolyoti Anqaraga kunning ikkinchi yarmida qo‘nadi. Nazarboyev Erdo‘g‘on bilan muzokaralar olib borib, hamkorlik strategiyasini kengaytirish masalalari va Turk tilli davlatlar hamkorlik kengashi faoliyatini muhokama qiladi. Kun tartibidan ikki tomonlama mavzulardan tashqari, Suriyadagi vaziyat va terrorizmga qarshi kurash ham o‘rin olgan.
Bundan tashqari, yetakchilar Anqara fitna uchun javobgar deb hisoblaydigan muxolifatchi Fatxulla Gyulen tarafdorlari faoliyatiga barham berish mavzulariga ham to‘xtaladi.
Izoh (0)