O‘zbekistondagi barcha masjidlarda Hayit namozini o‘qish vaqtlari belgilandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy sayti.
Jumladan, Toshkent shahridagi masjidlarda Hayit namozi 2016-yil 6-iyul, chorshanba kuni tong soat 05:15 da o‘qiladi.
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Hayit namozining o‘qilish vaqti taqvimdagi vaqt tafovutlari asosida hududlardagi masjidlar tomonidan e’lon qilinadi”, — deyiladi idora xabarida.
Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarori e’lon qilingani, unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2016-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 6-iyul, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e’tiborga olib, 2016-yil 6-iyulni dam olish kuni deb belgilash va O‘zbekistonda bayram sifatida keng nishonlash haqida ko‘rsatma berilgani haqida xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)