“Aloqabank” AT bir plastik kartadan ikkinchisiga pul o‘tkazmalarini Click mobil dasturi orqali amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda eslatilishicha, shu yilning yanvar oyida “Aloqabank” va Uzcard tashkiloti P2P plastik kartalararo pul o’tkazmalar xizmatini Uzcard mobil ilovasi va shaxsiy kabineti orqali joriy qilgandi. “Ushbu xizmatning ko‘lami boshqa banklar va bu xizmatni yetkazib beruvchi tashkilotlarni jalb qilgan holda tobora kengayib bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Joriy yilning 28-iyun kunidan boshlab plastik kartalararo pul o‘tkazmalari xizmatidan Click mobil ilovasi orqali foydalanish mumkin. “Aloqabank” mijozlari nafaqat boshqa “Aloqabank” mijozlariga, balki “Agrobank” AKB plastik karta egalariga mablag‘larini o‘tkazishi mumkin.
Izoh (0)