Samarqandda yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan OAVlarni tanishtirish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazildi, deb yozadi “Samarkandskiy vestnik”.
Samarqand shahar hokimi A. Shukurov ta’kidlashicha, O‘zbekiston mustaqilligiga bag‘ishlab, “Mustaqillikning 25 yilligiga 25 ta yangi yo‘l” shiori ostidagi tashabbus amalga oshirilmoqda, unda samarqandliklar faol ishtirok etmoqda.
Xususan, Rudakiy ko‘chasida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari jadal bormoqda. Rekonstruksiyadan so‘ng bu yerda kengligi o‘rtacha 44 metrga teng olti polosali tezkor avtomagistral paydo bo‘ladi.
Samarqand shahrida bu yil jami 50 ga yaqin katta va kichik yo‘llar yangilanishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)