Janubiy Koreya hukumati mamlakat yutuqlarini xorijda ilgari surish uchun uning milliy shiorini rasman “Ijodkor Koreya” deya e’lon qildi. Bu haqda “Ryonxap” agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Bungacha Seulda milliy shior “Shijoatkor Koreya” bo‘lgan, u Janubiy Koreya va Yaponiya o‘rtasida 2002-yildagi futbol bo‘yicha chempionatga bag‘ishlangan edi.
Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm vazirligi aniqlik kiritishicha, “ijodkorlik” mamlakat zamonning o‘zgaruvchan talabiga muvofiq birinchi o‘ringa qo‘yadigan qadriyatni nazarda tutadi.
Izoh (0)