Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtatidagi kuchli jala oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tabiiy ofat Pitxoragarx va Chamoli okruglariga zarar yetkazdi. Daryo va soylar kuchli oqimga aylandi, ba’zi tumanlarda yo‘llar sel oqimi tufayli to‘silib qolgan.
Uttarakxand shtati bosh vaziri Xarish Ravatning ma’lum qilishicha, Pitxoragarx okrugidagi yo‘llar hamon to‘silib qolgan va u yerga qutqaruvchilar guruhi yuborilgan.
“Biz Chamoli okrugidan ham shunday ma’lumotlarni olyapmiz. Vaziyatni kuzatyapman. Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga 200 ming rupiya (taxminan 3 ming dollar) tovon puli to‘lanadi”, – dedi Uttarakxand shtati bosh vaziri.
Izoh (0)