Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri, shuningdek, Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum Dubay sanoatini rivojlantirish bo‘yicha 75 ta tashabbusdan iborat yangi taraqqiyot strategiyasini tasdiqladi. Bu haqda UAE Inside xabar berdi.
Strategiya beshta asosiy vazifadan iborat, bular ishlab chiqarish sektorining mahsuldorligini oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish, Dubayni xalqaro firmalar uchun markaziy ishlab chiqarish punktiga aylantirish va boshqalardir. Bularning barchasiga 44 milliard dollar ajratiladi.
Strategiya oltita eng muhim sektorlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi, bular — aerokosmik, dengiz, alyuminiy va boshqa metallarni ishlab chiqarish, farmatsevtika va tibbiy uskunalar, oziq-ovqat hamda sanoat uskunalari sektori.
Izoh (0)