Kanada hukumati NATOga Sharqiy Yevropada alyans batalyonini yaratishda yordam berish uchun o‘z qo‘shinlarini yo‘naltiradi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Xarjit Singx Sajanga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“NATOning mas’uliyatli sherigi sifatida, Kanada Yevropada tajovuzni to‘xtatib, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga urinayotgan ittifoqdoshlarini qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi vazirning bayonotida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Kanada o‘ziga alyansning milliy batalyonlarini shakllantirishdagi yetakchi rollardan birini oladi. Ammo muassasa bu boradagi tafsilotlarni keltirib o‘tmadi.
Izoh (0)