Islandiya va AQSh 30-iyun, payshanba kuni mazkur mamlakatga bu yerdan 2006-yili chiqarilgan Amerika qo‘shinlarini qaytarishni ko‘zda tutuvchi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. AFP agentligi buni NATO va Rossiya o‘rtasidagi keskinlik hamda buyuk davlatlarning Arktika mintaqasiga ortib borayotgan qiziqishi bilan izohladi, deya xabar beradi “TASS”.
“Yevropada, jumladan, Shimoliy Atlantikada oxirgi o‘n yillikda xavfsizlik borasidagi vaziyat o‘zgardi. Shu sababli Islandiya va AQSh rasmiylari yangi deklaratsiya imzolanishini zarur deb topdi. Mamlakatda Amerika kuchlarining cheklangan ishtiroki mavjud bo‘lishi o‘zaro hamkorligimizdagi yangi bosqichni anglatadi”, — deya ta’kidlagan Islandiya tashqi ishlar vaziri Lili Alfredsdottir.
Deklaratsiyada, shuningdek, Islandiya va AQSh o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning kuchaytirilishi, xususan, qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilishi nazarda tutilgan. AQShning 2017-yilgi budjetida Islandiyadagi Keblavik aeroporti hududida harbiy obyektlar qurilishi uchun 21,4 million dollar ajratilishi belgilangan.
Izoh (0)