Britaniya hukumati imkon qadar tezroq Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish jarayonini boshlab yuborishi lozim. Bu Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk, Yevroparlament prezidenti Martin Shuls, Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker va hozirda YeIga raislik qilayotgan Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryuttening qo‘shma bayonotida ta’kidlandi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Hujjat Yevropa Kengashining rasmiy saytida chop etildi.
“Biz Birlashgan Qirollik hukumati Britaniya xalqi irodasini bajarishga, bu jarayon qanchalik og‘riqli bo‘lishidan qat’iy nazar, imkon qadar tezroq kirishishini kutmoqdamiz. Buning paysalga solinishi noaniqlikni uzaytirib yuboradi”, — deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid:
- Buyuk Britaniya aholisi Yevroittifoqdan chiqishni yoqlab ovoz berdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron iste’foga chiqadi
- Toni Bler Britaniyaning YeIdan chiqishi favqulodda oqibatlarga olib kelishini aytdi
- Ispaniya tashqi ishlar vaziri Brexit’dan so‘ng Gibraltarni birgalikda boshqarishni taklif qildi
- Xitoy tomonlarni Brexit’ga vazmin munosabatda bo‘lishga chaqirdi
- Angela Merkel Buyuk Britaniyadagi referendum natijalariga izoh berdi
- Brexit’dan so‘ng Shotlandiyada ham yangi referendum o‘tkazilishi mumkin
- Fransua Olland Brexit’dan so‘ng Yevrozonani mustahkamlash lozimligini aytdi
Izoh (0)