Toshkentda 23—24-iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo mamlakatlarning Davlat rahbarlari kengashi o‘n oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sammit yakuniga ko‘ra, bir qator davlatlar ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini oldi.
“Davlat rahbarlari Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepal bilan ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini taqdim etish to‘g‘risidagi memorandumlar imzolanganini olqishladi”, — deyiladi TIV axborotida.
Avvalroq ShHTning Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning ShHTga to‘laqonli a’zo davlat maqomini olishi uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolangani haqida xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)