Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarga Rossiyani aylanib o‘tadigan muqobil yo‘nalishlarni tavsiya etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Vazirlik yuk tashuvchilarga Gruziya, Ozarbayjon, Kaspiy orqali Aktau yoki Turkiya, Eron, Turkmaniston va O‘zbekiston yo‘nalishlaridan foydalanishni maslahat berdi.
Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1-yanvarda Ukrainadan Rossiya orqali Qozog‘istonga avtomobil va temiryo‘l yuk tashishlari faqat Belarus hududidan amalga oshirilishini belgilovchi farmonni imzolagandi.
Izoh (0)