Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond mamlakatining Yevroittifoqdan chiqish haqidagi qarori Yevropa xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va yevropaliklarning turli xatarlar, jumladan, Rossiya tomonidan tahdidga qarshi turishga bo‘lgan qat’iyatini susaytirishidan xavotir bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Bugun tongdayoq u kamroq bosimni his etib, o‘zini tetikroq his etayotgan bo‘lsa ajab emas”, — deya taxmin qilgan Xammond Rossiya prezidenti Vladimir Putinni nazarda tutib.
AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfol Putinni “Buyuk Britaniyadagi referendum g‘olibi” deb atadi. “Brexit bo‘yicha ovoz berishdan hayratdaman! Mag‘lub bo‘lganlar: kuchli, yagona, demokratik Yevropaning foydaliligiga ishonadigan Yevroittifoq, Buyuk Britaniya, AQSh. G‘oliblar: Putin”, — deya yozgan Makfol Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)