Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi to‘g‘risidagi referendum natijalari Yevropa integratsiyasi yo‘lida orqaga tashlangan qadamdir. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
U barchani vaziyatni vazminlik bilan tahlildan o‘tkazib, qaror chiqarishga shoshilmaslikka chaqirdi. Germaniya hukumati rahbari faqatgina birdamlik YeIga butun dunyo miqyosida o‘z manfaatlarini himoya qila olish imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, Merkel xonim Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk, Fransiya prezidenti Fransua Olland va Italiya bosh vaziri Matteo Rensini Berlinga taklif qilganini aytib o‘tdi. Muzokaralar 27-iyun, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)