Orlandodagi (Florida shtati, AQSh) Pulse tungi klubiga uyushtirilgan hujum qurbonlarining soni 50 kishiga yetdi, jabrlanganlar soni 53 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Taassufki, qurbonlar soni, merganning o‘zini ham hisobga olganda, 50 kishiga yetdi, yana 53 kishi shifoxonaga yotqizildi”, — dedi Orlando meri Baddi Dayer.
Muqaddam 20 kishi hujum qurboni bo‘lgani aytilgan edi. Yaralanganlar soni 42 kishini tashkil etgandi.
Ilgariroq noma’lum shaxs klubda o‘t ochib, tashrifchilarni garovga olgani ma’lum bo‘lgan edi. OAV yaralanganlar soni 20 kishidan oshishini xabar qilgan, voqea guvohlari esa ijtimoiy tarmoqlar orqali otishmada qurbon bo‘lganlar ham borligini e’tirof etgan edi.
Jinoyatchi bilan otishmada to‘qqiz politsiyachi ishtirok etdi. Jinoyatchi otib o‘ldirildi.
Izoh (0)