Daryo

Floridada noma’lum shaxs tomonidan qo‘lga olingan Pulse klubi yaqinida portlash sodir bo‘ldi

Voqea guvohlari ijtimoiy tarmoqlar orqali otishmada qurbon bo‘lganlar ham borligini e’tirof etmoqda

1 daqiqa o‘qish8 504 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Metro

Orlandoda (Florida shtati, AQSh) noma’lum shaxs tomonidan qo‘lga olingan Pulse klubi yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda, mahalliy matbuotga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Metro

Politsiya bu boshqariluvchi portlash bo‘lganligini tasdiqladi.

Ilgariroq noma’lum shaxs klubda o‘t ochib, tashrifchilarni garovga olgani ma’lum bo‘lgan edi. Politsiya jinoyatchi bilan muzokaralar olib borishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Voqea joyiga portlash texnikasi bo‘yicha mutaxassislar va o‘nlab tez yordam mashinalari yetib keldi. OAV yaralanganlar soni 20 kishidan oshishini xabar qilmoqda. Voqea guvohlari ijtimoiy tarmoqlar orqali otishmada qurbon bo‘lganlar ham borligini e’tirof etmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar