Argentina Yaqin Sharq davlatlaridan 3 ming qochqinni qabul qilish rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda mamlakat hukumati raisi Markos Penya AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Syuzan Rays bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Argentinaning Yaqin Sharqdagi buhron tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘lgan qochqinlarni qabul qilish niyatini tasdiqlaymiz. Uch mingga yaqin kishini qabul qilish va xalqaro muammoni hal etishga yordam berishga tayyormiz”, — deb ta’kidladi Penya.
Janubiy Amerikada Urugvay va Braziliya Yaqin Sharqdan kelgan qochqinlarni o‘z hududida joylashtirishga ulgurdi. Chili, Paragvay va Venesuela ham o‘tgan yili bunga tayyor ekanliklarini bildirgan edi.
Izoh (0)