Aqto‘bedagi teraktning barcha qatnashchilari yo‘q qilindi yoki qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Aqto‘be viloyati terrorizmga qarshi tezkor shtabi tomonidan 5-iyunda Aqto‘be shahrida yuz bergan zo‘ravonlik aksiyalarining barcha qatnashchilari yo‘q qilindi va qo‘lga olindi. Ulardagi qurol-yarog‘ musodara etildi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
12-iyun, yakshanbaga o‘tar kechasi maxsus operatsiya davomida Aqto‘bedagi turarjoylardan birida yashiringan terakt ishtirokchilari B. Kuanishbayev, A. Tanatarov va A. Akpanbetov qo‘lga olindi. Ularning yonidan 5-iyun kuni “Pallada” do‘konidan o‘g‘irlangan bir juft qurol topildi.
Ayni paytda qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar bo‘yicha tergov ketmoqda.
Izoh (0)