11-iyun, shanba kuni Florida shtatining Kanaveral burnidagi kosmodromdan AQSh harbiy-kosmik razvedkasi milliy boshqarmasi qurilmasi bo‘lgan Delta IV raketasi uchirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dastlab uchirish 9-iyunga mo‘ljallangan, biroq parvozdan bir daqiqa oldin qoldirilgandi. Bunga noqulay ob-havo — yomg‘ir, shamol va chaqmoqlar sabab bo‘lgani bildirildi.
Maxfiy qurilmani orbitaga olib chiqish Boeing va Lockheed Martin aviakonsernlari qo‘shma korxonasi bo‘lgan United Launch Alliance kompaniyasiga ishonib topshirildi. Kompaniya Delta IV muvaffaqiyatli uchirilganini ma’lum qilish bilan cheklandi.
Izoh (0)