Rossiyaliklar daromadlar kamayayotgan bir sharoitda kartoshka va sabzavotlar iste’moliga o‘tishni boshladi, deb yozadi “Interfaks”.
“Kartoshka va sabzavotlar arzonlashuvi ularga talab o‘sa boshlagan bir paytda sodir bo‘ldi, bu daromadlarning xarid qobiliyati tushayotgan bir sharoitda aholi talabining ancha arzon assortimentga qarab siljishini aks ettirdi”, — deyiladi Rossiya Markaziy bankining pul-kredit siyosati haqidagi ma’ruzasida.
Meva va sabzavot mahsulotlarining arzonlashuviga kartoshka va sabzavotlar narxining tushishi sabab bo‘ldi. Kartoshka narxi aprelda o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 39,8 foizga, sabzavot narxi esa 7,6 foizga past bo‘lgan.
Narxlar pasayishiga o‘tgan yili hosil yuqori bo‘lgani va rubl mustahkamlangani imkoniyat yaratdi, deyiladi ma’ruzada.
Izoh (0)