Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida maxsus bo‘linma shahardagi kvartiralardan biriga yashirinib olgan guruh bilan jangga kirishdi. Tun bo‘yi davom etgan maxsus operatsiya chog‘ida Aqto‘bedagi teraktlarga aloqador 4 nafar kimsa yo‘q qilindi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, terrorizmga qarshi kurash tezkor shtabi Nekrasov ko‘chasidagi kvartiralardan birida jinoyatchilar yashiringanini aniqladi. Muzokaralar davomida terrorchilar o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lishdan bosh tortgan va o‘t ochgan. O‘tkazilgan shturm natijasida kvartirada bo‘lgan 4 kishi o‘ldirilgan.
Shahar markazida politsiya patrul avtomobilini o‘qqa tutgan terrorchilar sherigi ham yo‘q qilingan. Politsiyaning ikki nafar xodimi yengil yaralangani bildirilmoqda. Tinch aholi va kuch tizimi vakillari orasida qurbonlar bo‘lmagan.
Izoh (0)