Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Ilya Muromets” muzyorar kemasi suvga tushirildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. U Rossiya harbiy-dengiz floti ehtiyojlari uchun qurilgan ushbu klassga oid 45 yil ichidagi birinchi kemadir.
Muzyorar 2014-yil martida Rossiya mudofaa vazirligi bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 2015-yil aprelida “Admiralteystvo korxonalari”da qurila boshlagan edi. Uni buyurtmachiga 2017-yil 25-dekabrda topshirish ko‘zda tutilgan.
Ushbu loyihaga tegishli yordamchi dizel-elektr muzyorarlar harbiy-dengiz flotining Arktika hududidagi faoliyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu turda jami to‘rtta kema qurish rejalashtirilgan.
Muzyorarning suv sig‘imi olti ming tonnani, uzunligi 85 metrni, suvga botib turish darajasi 6,6 metrni, to‘liq yurish tezligi 15 uzelni tashkil etadi. Asosiy ekipaj 32 kishidan, qo‘shimcha — 50 kishidan iborat.
Izoh (0)