O‘tmishda Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) bilan bog‘liq bo‘lgan “Kurdiston ozodligi qirg‘iylari” guruhi Istanbulda 7-iyun kuni kuni ro‘y bergan portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Istanbulning Veznejiler dahasida, politsiya maxsus topshiriqli bo‘linmasi xizmat avtobusi yaqinida sodir etilgan terakt oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi va 36 kishi jarohatlandi. Qurbonlardan 6 nafari politsiyachilardir.
Izoh (0)