Eron rasmiylari AQShdan olgan 1,7 milliard dollarni harbiy qudratini oshirishga sarflagan. Bu haqda The Washington Free Beacon nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Yil boshida AQSh ma’muriyati bir necha o‘n yillar davom etgan huquqiy tortishuvlarni bartaraf etish uchun Eronga 1,7 milliard dollar to‘lab berdi. Islom Respublikasi ularni harbiy qudratini kuchaytirish va mustahkamlashga sarfladi”, — deyiladi maqolada.
Nashrning ta’kidlashicha, Eron olingan mablag‘ni Fors ko‘rfazidagi harbiy ishtirokini kengaytirishga yoki Rossiyaning Su-30SM qiruvchi samolyotlari va S-400 “Triumf” zenit raketa tizimlarini xarid qilishga sarflagan bo‘lishi mumkin.
Kongress mazkur summa Eronda hibsda bo‘lgan amerikaliklarni ozod etish uchun evaz tariqasida to‘langan deb hisoblamoqda va tekshiruv olib bormoqda. AQSh Davlat departamenti bu boradagi ma’lumotlarga izoh bermagan.
Izoh (0)