“Jabhat an-Nusra” va “Ahror ash-Shom” jangarilari Aleppodagi Maydon va al-Muhofaza tumanlarini minomyotdan o‘qqa tutdi. Bu haqda Rossiyaning Suriyadagi mojaro tomonlarini yarashtirish markazi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Jangarilar tomonidan ma’muriy binolar va turar-joylar o‘qqa tutildi. Savdo markazi binosi va uning yonidagi savdo qatorlari vayron etildi. 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, qirqqa yaqin tinch aholi vakili jarohatlandi”, — deya ta’kidlagan markaz vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhi otryadlari o‘t ochishni to‘xtatish tartibidan foydalanib, mo‘tadil muxolifat tuzilmalari bilan bir manzilga joylashib olgan. Shuningdek, kuchlarini qayta saflab, qurol-aslaha va o‘q-dori zaxiralarini to‘ldirib olgan hamda faol harakatlarga kirishgan.
Izoh (0)