Yaponiyaning janubiy Okinava orolidagi Naxa shahrida aeroport bojxonasi xususiy samolyot bortida bo‘lgan 110 kg oltinni musodara qildi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda “Kiodo” agentligi tergov organlariga tayanib xabar berdi.
“Bu Yaponiyaning yakudza guruhlaridan birining faoliyatiga aloqador kontrabanda ekanligi haqida gumonlar bor”, — dedi bojxona vakillaridan biri.
Naxada topilgan oltin — Yaponiyada shu paytgacha musodara qilingan qimmatbaho metallning eng yirik partiyalaridan biridir.
Izoh (0)