NATOning sharqiy chegaralardagi salohiyati mustahkamlanishi va AQShning Yevropadagi raketaga qarshi mudofaa tizimi qurilishi munosabati bilan, Rossiya o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga majbur. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksey Meshkov aytib o‘tdi, deb yozadi “Interfaks”.
“Alyansda oxir-oqibat sog‘lom fikr ustun kelib, o‘ylamasdan keskinlikni oshirish hamda boshqalar xavfsizligi evaziga o‘z xavfsizligini ta’minlash sxemalarini qurishdan voz kechish uchun siyosiy iroda yetishiga umid qilishni istardik”, — dedi Meshkov.
O‘z hududiga AQShning “Ijis” raketaga qarshi mudofaa tizimlari bazasini joylashtirgan Ruminiya hamda Polsha Rossiya raketalari uchun nishonga aylanish-aylanmasligi haqidagi savolga javob berarkan, Meshkov: “Raketaga qarshi mudofaaning yangi elementlari ishga tushirilishi bizni milliy xavfsizligimiz uchun yuzaga keladigan xavflarni neytrallashtirish uchun javob choralari ko‘rish zaruriyati haqida bosh qotirishga majbur qiladi”, — dedi.
Izoh (0)