Koreya Respublikasi 8-iyun kuni Tokio va Seul o‘rtasidagi hududiy bahs mavzusi bo‘lgan Takesima (Tokto) orollari hududida ikki kunlik harbiy manyovrlarni boshladi, deb yozadi “TASS” “Kiodo” agentligiga tayanib.
“Bu odatiy manyovrlar, ular hozirgi xalqaro vaziyat, jumladan, Seul va Tokioning ikki tomonlama aloqalari bilan bog‘liq emas”, — dedi Janubiy Koreya qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakili.
Harbiy mashg‘ulotlarda o‘nta kema, P-3 Orion patrul samolyoti, shuningdek, suv osti kemalariga zarba berish uchun mo‘ljallangan Lynx vertolyotlari qatnashmoqda. Manyovrlar ssenariysiga ko‘ra, janubiy koreyalik harbiy xizmatchilar shartli dushman tomonidan egallab olingan orollarni ozod etish bo‘yicha harakatlarni mashq qiladi.
Izoh (0)