Onlayn-do‘konga egalik qiluvchi Amazon kompaniyasi Hindistonda o‘z xizmatlarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 3 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi, shu tariqa, ushbu mamlakatga yo‘naltirilgan investitsiyalarning umumiy miqdori 5 milliard dollarga yetadi, deb yozadi “TASS”.
Bu haqda Amazon rahbari Jeff Bezos 7-iyun, seshanba kuni Vashingtonda AQSh prezidenti Barak Obama va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar munosabati bilan ma’lum qildi.
Uning aytishicha, ular Hindistonda 45 mingga yaqin ish o‘rnini yaratgan. “Biz mamlakat iqtisodiyotida katta salohiyatni ko‘rmoqdamiz”, — dedi Jeff Bezos.
Izoh (0)