• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Yetti karra olimpiadachi. Oksana Chusovitina qanday qilib 40 yoshida ham faoliyatini davom ettirmoqda?

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Oksana Chusovitina 2016-yilning 18-aprel kuni Rio-de-Janeyroda bo‘ladigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi; bu uning uchun yettinchi Olimpiada — hali hech bir sport gimnastikachisi bunday ko‘rsatkichga erishmagan. Oksana gimnastika bilan shug‘ullanishni boshlagan vaqti — 1982-yili uning Riodagi bo‘lajak raqiblari hali dunyoga ham kelmagan edi.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Chusovitinaning sobiq murabbiyi Lidiya Ivanova o‘zining eng yaxshi o‘quvchisi haqida to‘lqinlanib iliq fikrlar bildiradi. “Olimpiadada sovrin qo‘lga kiritadimi-yo‘qmi, ahamiyatsiz, yettinchi marta u yerda ekanining o‘zi eng yuksak olqishlarga loyiq. Yana kim shunday natijaga erisha olishini tasavvur ham qila olmayman. Men qizlarni ulkan mamlakatda tanlab-tanlab olgandim, Oksana esa yuzimni yerga qaratmadi”, — deydi murabbiy “R-Sport”ga bergan intervyusida.

    Oksana 13 yoshida o‘smirlar o‘rtasidagi sobiq Ittifoq chempionatida g‘olib chiqqan, 1990-yildan esa sobiq Ittifoq termasining asosiy tarkib a’zosi sifatida xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshladi. 1991-yili AQShning Indianapolis shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida jamoaviy bahslarda va erkin dasturda oltin, tayanchga tayanib sakrashda esa kumush medal egasiga aylandi. Uning birinchi Olimpiadasi arafasida esa sobiq Ittifoq degan davlat yo‘q bo‘ldi.

    1992-yili Barselonada bo‘lib o‘tgan Olimpiadada Olimpiya bayrog‘i ostida qatnashgan Birlashgan jamoa tarkibida Oksana Chusovitina ham bor edi. Oksananing birinchi Olimpiadasidagi birinchi medali oltin bo‘ldi. O‘sha yili MDH bayrog‘i ostida jahon chempionatida qatnashib, bronza medalni qo‘lga kiritdi. U 1993-yildan O‘zbekiston sharafini himoya qilishni boshladi.

    Xirosimada o‘tgan 1994-yilgi Osiyo o‘yinlarida ikkita bronza medal egasiga aylandi, aynan shu yerda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i — erkin kurashchi Bahodir Qurbonov bilan tanishib, 1997-yili unga turmushga chiqdi, 1999-yili ularning farzandi — Alisher dunyoga keldi. Umuman, 1993—2006-yillar davomida Chusovitina O‘zbekiston bayrog‘i ostida uchta Olimpiada va uchta Osiyo o‘yinlarida qatnashdi, xalqaro musobaqalarda 70 dan ortiq medallarni qo‘lga kiritdi.

    Biroq, farzandiga leykemiya tashxisi qo‘yilgani sabab, Germaniyaga ketishga majbur bo‘ldi. U 2003-yildan boshlab Germaniyada yashagani holda, O‘zbekiston nomidan musobaqalarda qatnashib turdi. 2006-yili esa Germaniya fuqaroligini oldi. Hayot, taqdir shunga majbur qildi.

    O‘g‘li Alisher va Germaniya

    “Men uni bolaligidan, men rahbarlik qilgan yoshlar jamoasiga kelganidan beri bilaman. U tabiatan sakrovchi, sakrashi bilan jahonda o‘rnini topdi. Qizaloq o‘zining tug‘ma qobiliyatlari, kuchli irodasi va, qo‘shimchasiga, hayotdagi vaziyatlar — oilaviy holati sabab o‘zini ko‘rsata oldi. Bu sportdagi uzoq umrning ajoyib, mehnatga bo‘lgan munosabatning esa takrorlanmas namunasidir”, — deydi murabbiy Lidiya Ivanova.

    Chusovitina 2002-yili Vengriyaning Debretsen shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida tayanchga tayanib sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Scotland Herald’ning yozishicha, musobaqadan so‘ng o‘sha vaqtda 27 yoshda bo‘lgan sportchi intervyu berarkan, shunday degan: “Agar musobaqalarda qatnashmasam, o‘g‘limning hayoti tugaydi. Hammasi shunday oddiy. Bugun o‘g‘lim operatsiyani boshdan o‘tkazdi, men ishlab pul topayotganim uchun u davolanish imkoniga ega. Menda boshqa tanlov yo‘q”.

    Foto: Look4ward

    Foto: Look4ward

    E’tiborli tomoni, Oksana ikkinchi Olimpiada medalini aynan Germaniya terma jamoasi tarkibida qo‘lga kiritdi. 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida tayanchga tayanib sakrash bahslarida kumush medalga loyiq natija qayd etdi. Va bu hali hammasi emas: 2007-yili Amsterdamda o‘tgan Yevropa chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritgan asli o‘zbekistonlik sportchi 2008-yilgi chempionatda natijasini oltin medalgacha yaxshilay oldi. 2011- va 2012-yilgi Yevropa birinchiliklarida esa kumush medallar egasiga aylandi.

    “Pekindagi Olimpiadadan so‘ng, ikki og‘ir mavsumni boshdan o‘tkazdim: ikkala yelkamni operatsiya qildirishga to‘g‘ri keldi, so‘ng oyoq paylarim uzilib ketdi. Tiklanib, tarkibga qaytganimdan so‘ng, nemislar mening murabbiyimni na jahon chempionatiga, na London Olimpiadasiga chaqirishdi. Mazkur musobaqalardagi muvaffaqiyatsizligim, ma’lum ma’noda, shu bilan ham bog‘liq edi. Bundan tashqari, Germaniya termasining katta murabbiyi tomonidan menga nisbatan talablar kuchayib borayotganini his qildim”, — deydi Oksana.

    “Oxiri, meni qo‘yib yuborishlarini so‘radim. Mazkur masala yuzasidan federatsiyada maxsus yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, to‘g‘risi, yo‘limga to‘siq qo‘ymagani uchun Germaniya gimnastika ittifoqi rahbariyatidan juda minnatdorman”, — deya qo‘shimcha qildi Chusovitina.

    Qaytish va qahramonga aylanish

    40 yoshda sport gimnastikasi bilan shug‘ullanish nima degani? Bu sport turi uchun 40 yosh hatto nafaqa davri ham emas. Bu yoshda mazkur sobiq sport gimnastikachilari har kuni oddiy qadam tashlashda ham og‘riq sezadi. 2016-yilning yanvarida 37 yoshga to‘lgan rossiyalik sport gimnastikachisi, ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Svetlana Xorkina sportdagi faoliyatini 25 yoshida yakunlagan edi — shunda ham uni “sport gimnastikasida eng uzoq umr ko‘rganlardan” biri sifatida e’tirof etishadi.

    Zamonaviy gimnastika to‘garaklariga qizlarni 4 yoshdan qabul qilishadi, 14—18 yoshlik — ayol organizmining rivojlanish davri muvaffaqiyatlarga erishish uchun maqbul davr hisoblanadi. Haddan ortiq ko‘p shug‘ullanish natijasida 20 yoshga kelib ko‘pchilik sportchi qizlarda umurtqa, boldir, tovon, tizzada muammolar paydo bo‘ladi va ularning aksariyati sportchilik faoliyatini yakunlab, ko‘p holatlarda butun umrga nogiron bo‘lib qoladi. Shu sababli ham, Oksana Chusovitinaning qariyb 25 yildan beri sport gimnastikasi bilan yuqori saviyada shug‘ullanib kelayotgani aqlbovar qilmas hodisadir.

    “Har kuni ertalab onamga telefon qilsam, u har gal shunday deydi: ‘Qanday go‘zalsan, qizalog‘im! A’lo qizim! Faqat biroz tentakkinamsan sen meni — qirq yoshga to‘lib ham, sakrab to‘ymading’”, — deydi Oksana Chusovitina. Haqiqatan ham, faoliyatini to‘xtatish uchun unda barcha asos bor edi — 2012-yilgi London Olimpiadasidan so‘ng Germaniya termasi tarkibiga kirishi qiyinligi ochiq ko‘rinib qolgan, o‘g‘li Alisher esa qariyb sog‘ayib bo‘lgan edi. Lekin u azaliy orzusini ro‘yobga chiqarish uchun ham O‘zbekistonga qaytdi.

    Foto: “Sport-Ekspress”

    Foto: “Sport-Ekspress”

    “Alisher to‘la sog‘lom ekanini aytishganidan so‘ng, birinchi bo‘lib xayolimga kelgan narsa O‘zbekistonga qaytish bo‘ldi. Ko‘p yillardan beri bir orzum bor — o‘zim tug‘ilib o‘sgan mamlakat uchun olimpiya medalini qo‘lga kiritish. Umuman, sportchilik faoliyatimni ham uyda yakunlashni xohlardim. Juda qiziq holat: O‘zbekistonda turmush o‘rtog‘imdan boshqa hech kim qolmagan, barcha qarindoshlarim allaqachon Rossiyaga ko‘chib ketgan. Lekin har safar Toshkentga kelganimda men shu yerlik ekanimni his qilaman. Mening yerim, mening shahrim”, — deydi Chusovitina.

    2013-yili sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatida yana O‘zbekiston nomidan qatnashgan Oksana tayanchga tayanib sakrash bo‘yicha musobaqalarda kamtarona natija qayd etdi — 5-o‘rin. 2014-yili Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida tashkil etilgan Osiyo o‘yinlarida esa shohsupaga ko‘tarildi — tayanchga tayanib sakrash musobaqalarida kumush medal egasiga aylandi. Bungacha, 1994—2002-yillar davomida u Osiyo o‘yinlarida ikkita oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medallarini qo‘lga kiritib ulgurgan edi.

    2016-yil aprelida Oksana butun dunyo ommaviy axborot vositalari diqqat markaziga tushdi. Fox Sports telekanalining Facebook’dagi sahifasida: “40 yoshli Oksana Chusovitina Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi. Nima, nima?”, degan izoh bilan qoldirilgan videoxabar 72 mingdan ortiq layk to‘pladi, 84 ming martadan ko‘proq ulashildi, xabarga 5500 ga yaqin fikr bildirildi.

    “Bunga aql bovar qilmaydi! 20 yoshdan kattasi qari hisoblanadigan sport turida u haqiqiy yo‘lchi yulduz! Jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlarining medallarini qo‘lga kiritishdan iborat sportchilik faoliyatini oilaviy hayot va leykemiyadan aziyat chekayotgan farzandiga g‘amxo‘rlik qilish bilan birga bir muvozanatda ushlab tura olgani uni men uchun yanada kattaroq afsonaga aylantiradi”, — deydi Fox Sports’ning londonlik mushtariylaridan biri.

    “40 yosh — hecham keksa emas, deyayotganlar sport gimnastikasidan butunlay bexabar kishilardir. Men 16 yoshimda jarohat olib, o‘shandayoq sport gimnastikachisi sifatida faoliyatimni tugatganman. Oksana — hayratlanarli darajada ajoyib!”, — deb yozadi boshqa bir, avstraliyalik foydalanuvchi. “Yetti Olimpiadada ishtirok etishning o‘zi-da har qanday sportchi uchun aqlga sig‘maydigan hodisa”, — deya qo‘shimcha qiladi yana bir britaniyalik.

    Balki Chusovitina Olimpiadada ishtirok etish bo‘yicha tarixdagi mutlaq rekordni o‘rnata olmas (kanadalik Yan Millar ot sporti bo‘yicha Olimpiya musobaqalarida 10 marta qatnashgan), biroq sport gimnastikasi bo‘yicha haqiqiy rekordchiga aylangani bor gap. U Olimpiya o‘yinlarida olti bor qatnashgan bolgariyalik gimnastikachi Yordan Yovchevdan o‘zib ketdi va yaqin orada birov uning bu rekordini yangilay olmasa ham kerak.

    “Oyog‘ing og‘riyaptimi? Oyog‘ing borligiga shukr qil!”

    Onasining kenja erkatoyi hisoblangan Oksana Chusovitina sportchilik faoliyatini yakunlayotgani haqida kamida uch marta bayonot bergan. Germaniya terma jamoasidagi ishtiroki davrida, ayniqsa, London—2012 Olimpiadasi arafasida bu masala ancha muhokama qilingan. Lekin Oksana sportdan keyingi hayoti haqida faqat endi o‘ylayapti.

    “Onam doim mening pianinochi bo‘lishimni istagan, hatto men uchun pianino ham sotib olgan edi. Lekin pianino chalishni o‘rganish — sportdan keyingi hayotim rejalari orasida ham yo‘q. Aksincha, ot minishni yaxshilab o‘rganmoqchiman. Hozir faqat yomon minishni bilaman. Ot sporti bilan shug‘ullanuvchilar keksa vaqtida ham musobaqalarda qatnashishi mumkinligidan xabarim bor. Lekin agar ot minib musobaqalarda qatnashadigan bo‘lsam, faqat poni berishlarini so‘rardim — yiqilayotganda kamroq qo‘rqish uchun”, — deya quvnoqlik bilan javob berdi Chusovitina “Sport-Ekspress”ga bergan intervyusida.

    Sportda Oksana kabi “uzoq umr ko‘ruvchilar”, oz bo‘lsa-da, bor. Masalan, 42 yoshida biatlon bo‘yicha 20-marta jahon chempioni bo‘lgan Ole-Eynar Byorndalen, yoki bo‘lmasa Pekin—2008 Olimpiadasida 41 yoshida ishtirok etib, uchta kumush medalni qo‘lga kiritgan suzuvchi Dara Torres kabi. Chusovitinaning aytishicha, u bunday sportchilar taqdirini alohida kuzatmaydi, biroq u yoki bu ma’noda qariyb barcha sport turlariga qiziqadi.

    Lekin unga juda kuchli ta’sir qilgan sport bilan bog‘liq hodisa umuman boshqa: “2008-yili oyoq paylarimdan jarohat olib, Shveysariyadagi klinikada davolanayotgan edim, tinimsiz: ‘Qanday baxtsizman!’, deb o‘z-o‘zimni koyirdim. Boshim shunday xayollarga to‘lib turgan mahal, televizorni yoqib, paralimpiyachilar tayyorgarligi haqida ko‘rsatuvni ko‘rib qoldim. Qo‘lsiz, oyoqsiz odamlar qanchalar tirishqoqlik bilan shug‘ullanayotgani ko‘rib, yig‘lab yubordim. O‘shanda o‘zimga o‘zim aytgandim: ‘Ha, Chusovitina, oyog‘ing og‘riyaptimi? Ovozingni o‘chir va oyog‘ing borligiga shukr qil!’. Oyoq va qo‘li bor ekan, odam hech narsadan qo‘rqmasligi kerak: bunday inson har qanaqasiga, hatto pol artib bo‘lsa-da, kun ko‘ra oladi”.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Oksana qayd etgan natijadan hayratda qolgan shotland gazetasining yozganlariga qo‘shilmay iloj yo‘q: “Chusovitina namuna ramzi va ilhom manbai sifatida xizmat qilishda davom etmoqda. Nafaqat sport gimnastikasidagilar uchun. Balki boshqalar — biz uchun ham. Tongda uyg‘onib, karavotdan turishi-da katta bir kurashga aylanuvchilar uchun”.

    29.04.2016, 19:28   Izoh (0)   45931
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yekaterinburgda futbol bo‘yicha JCh—2018 gacha qolgan vaqtni hisoblaydigan soat o‘rnatiladi

    28.04.2016, 18:39

    Rossiya sport vaziri: Mariya Sharapovaning doping namunalaridagi meldoniy ruxsat berilgan me’yorlardan oshiq

    28.04.2016, 11:29

    Ronaldu tana hujayralari bilan davolanadi, “Sosyedad” bilan o‘ynamaydi va “Man Siti” bilan javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin

    28.04.2016, 11:27

    “Atletiko Madrid” — “Bavariya” 1:0. Matnli onlayn

    27.04.2016, 23:43

    Gvardiola: “Atletiko”ni “Barselona” va “Real Madrid” bilan taqqoslash mumkin

    27.04.2016, 16:56

    Diyego Simeone: “Bavariya”ga qarshi o‘yin oldidan “Atletiko” faqat g‘alaba haqida o‘ylayapti

    27.04.2016, 16:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan ikki bolani tok urdi

    O‘zbekiston | 16 may, 00:05

    Orol dengizi tubida yuqori darajadagi sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 15 may, 23:50

    “Qatar AQSHdan 42 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ va texnika xarid qiladi” — Tramp

    Dunyo | 15 may, 23:40

    Olimlar uzoq uyquning kutilmagan zararini aniqladi

    Dunyo | 15 may, 23:20

    Munosib qarshilik, o‘yinda burilish va “pley-off” bosqichiga yo‘l: “Navbahor” va “FarDU” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 15 may, 23:15

    Farg‘onada 213 mln so‘mlik byudjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 15 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 15-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 15 may, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.