“Real” forvardi Krishtianu Ronaldu sonidan olgan jarohatidan so‘ng sog‘lig‘ini tiklashda davom etmoqda, shu tufayli u Chempionlar ligasining yarim finali doirasida “Manchester Siti”ga qarshi birinchi uchrashuvni o‘tkazib yubordi, deb yozadi “Sports.ru”.
Cadene Cope radiostansiyasi ma’lum qilishicha, reabilitatsiya jarayonini tezlashtirish uchun portugaliyalik yaqin kunlarda tana hujayralari bilan davolanadi.
Ammo Ronaldu 1-may, yakshanba kuni Ispaniya chempionati doirasidagi “Sosyedad” bilan o‘yinda qatnasha olmaydi, uning “Siti” bilan javob uchrashuvidagi ishtiroki haqidagi qaror esa 4-may, chorshanba kuni qabul qilinadi.
Izoh (0)