12-aprel kuni futbol bo‘yicha 2018-yil bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati sari kurash olib borayotgan Osiyoning o‘n ikki terma jamoasi 3-saralash bosqichidagi raqiblarini bilib oladi.
Toshkent vaqti bilan 13:30 da boshlanadigan qur’a tashlash marosimi oldidan 3-saralash bosqichiga qadar yetib kelgan o‘n ikki mamlakat terma jamoasi FIFA reytingida egallab turgan o‘rniga ko‘ra olti savatchaga ajratiladi. Bunda bitta savatchadan joy olgan ikki mamlakat bitta guruhga tushmaydi.
Reglamentga ko‘ra, o‘n ikki terma jamoa 6 tadan ikki guruhga bo‘linadi. Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan termalar jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 3-o‘rin sohiblari esa o‘zaro ikki o‘yindan iborat pley-offda ishtirok etadi. G‘olib jamoa qit’alaro pley-off uchrashuvlarida qatnashadi.
JCh saralashining 3-bosqichiga yo‘l olgan Osiyo terma jamoalari 7-aprel kuni e’lon qilingan FIFA reytingida quyidagi ketma-ketlikda joylashgan: Eron (42), Avstraliya (50), Janubiy Koreya (56), Yaponiya (57), Saudiya Arabistoni (60), O‘zbekiston (66), BAA (68), Xitoy (81), Qatar (83), Iroq (105), Suriya (110), Tailand (119).
Quyida JCh—2018 3-saralash bosqichi savatchalari ko‘rsatib o‘tilgan:
1-savatcha:Eron va Avstraliya
2-savatcha:Janubiy Koreya va Yaponiya
3-savatcha:Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston
4-savatcha:BAA va Xitoy
5-savatcha:Qatar va Iroq
6-savatcha:Suriya va Tailand
O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ehtimoliy raqiblari bilan qachon va qayerda o‘ynashi bitta rasmda aks etgan.
Izoh (0)