Xokkey bo‘yicha Rossiya o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Vitaliy Proxorov AQShda 14—24-aprel kunlari o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi xokkey bo‘yicha jahon chempionatiga boradigan jamoa tarkibi o‘zgartirilishini ma’lum qildi. Musobaqaga jamoani boshqa murabbiy olib boradi, deya xabar beradi “Gazeta.ru” .
AQShga jo‘nashdan bir kun avval terma jamoa tarkibining to‘liq almashtirilishi o‘yinchilarning doping tahlilida meldoniy preparati aniqlangani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Vaziyat bilan xabardor manbaning ma’lum qilishicha, o‘smirlar terma jamoasining bir qator a’zolarining doping tahlillarida 2016-yil 1-yanvaridan e’tiboran taqiqlangan preparatlar ro‘yxatiga kiritilgan meldoniy izlari topilgan.
Izoh (0)