Arab koalitsiyasi harbiy-havo kuchlari Yamanning Xaja provinsiyasida joylashgan Mustaba shahriga ikki marta bergan zarbasi natijasida halok bo‘lganlar soni 119 kishiga yetdi, deya xabar qiladi “TASS”.
15-mart, seshanba kuni koalitsiya samolyotlari Mustabaning markaziy qismiga qarata ikkita aviazarbani amalga oshirgan edi. Snaryadlar bozorga borib tushgan.
Shifokorlar ma’lum qilishicha, mahalliy kasalxonalar ixtiyoridagi obyektlarning barchasi jabrlanganlarni joylashtirish uchun jalb qilingan. Biroq Mustaba va unga yaqin Abs shahridagi kasalxonalarda dori-darmonlar va bog‘lash materiallari yetishmovchiligi o‘ta darajada sezilayotgani vaziyatni murakkablashtirmoqda.
Izoh (0)