Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga 7-mart kuni yuklangan Andijondagi samolyot surati qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Suratda turar-joy mavzesida “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga xos uslubda bo‘yalgan Yak-40 samolyoti ustunlarga o‘rnatilgan holda havoda turgani aks etgan. Fotoxabar ostida fikr bildirganlarning aksariyati, jumladan, foto muallifi ham surat Andijonda, “Malika” bozori yaqinida olinganini qayd etgan.
Ba’zi kommentatorlar bu samolyotning o‘rnatilganini 25 yildan oshganini ta’kidlagan, bu yerda avvallari kichik kinoteatr, keyinroq katta kafe bo‘lgani, hozirda esa muzqaymoq sotilishi haqida yozgan. Foydalanuvchilardan biri shu samolyotning bir necha yil avvalgi holati aks etgan suratni ham yuklagan.
Izoh (0)