Farg‘ona viloyatida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Kamolot Taksi” loyihasi o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Kamolot” YoIH Farg‘ona viloyati Kengashi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Loyiha doirasida 8-mart kuni barcha onalar, ayollar, qizaloqlar “Kamolot” YoIH viloyat Kengashiga tegishli avtobus hamda yengil mashinalarda o‘z manzillariga bepul yetkazib qo‘yiladi. Ushbu loyihaga 100 nafarga yaqin “Kamolot” faollari jalb etilgan.
“Ularning asosiy vazifasi — xotin-qizlarimizni o‘z manzillariga eson-omon yetib borishlariga ko‘maklashish, ularni bayram bilan tabriklash va dil izhorlarini bildirishdan iborat. Shuningdek, ‘Kamolot’ faollarining xotin-qizlarimizga atalgan galohida syurprizlari ham bor”, — deyiladi viloyat Kengashi axborotida.
Izoh (0)