Xitoyda ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida sakkiz kishi, jumladan, ikki nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Fojia Guandun provinsiyasida sodir bo‘ldi. Sement tashiyotgan yuk mashinasi chorrahada ag‘darilib, yo‘lovchilari bo‘lgan furgonni bosib qoldi. Furgon yo‘lovchilaridan biri yaralanib, omon qolgan.
Yuk mashinasi haydovchisi politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)