Hindiston janubida joylashgan Chennay shahridagi tibbiyot markazi qayta jonlantirish bo‘limida tiriklikni ta’minlash qurilmalari ishlamay qolishi natijasida kamida 18 bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” mahalliy hukumat vakillariga tayanib.
Ta’kidlanishicha, jala natijasida texnikani tok bilan ta’minlab turgan elektr generator ishdan chiqqan. Ayni paytda hodisani tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Nashr eslatishicha, Hindistonning Tamilnad shtatida (ma’muriy markazi — Chennay) kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinida halok bo‘lganlar soni 325 kishiga yetdi.
Izoh (0)