Yaponiyaning Mobara shahridagi avtoturargohda oyda ikki bor bo‘ladigan osori-atiqalar bozori savdo qatorlariga avtomobil kelib urilishi oqibatida kamida besh kishi jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
NHK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 5-dekabr, shanba kuni ro‘y bergan. Jabrlanganlarning hushi joyida bo‘lsa ham, kasalxonaga yotqizilganlar bor. Ayni paytda ularning soniga aniqlik kiritilmoqda.
Qo‘lga olingan haydovchining politsiyachilarga ma’lum qilishicha, to‘qnashuv u tezlik va to‘xtatish pedallarini adashtirib qo‘ygani tufayli sodir bo‘lgan. Boshqa tafsilotlar hozircha keltirilmagan.
Izoh (0)