Turkiya hukumati o‘z havo hududidan Fransiyaning Suriyada IShIDga qarshi kurash yo‘lida foydalanishiga ruxsat berdi. Bu haqda diplomatik doiralardagi manbalariga tayanib, Hurriyet Daily News xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Fransiya Suriyada IShIDga qarshi kurash uchun bizning havo hududimizdan foydalanishga ruxsat so‘radi. Bunga koalitsiya mamlakatlari uchun amalda bo‘lgan umumiy tamoyillarga rioya qilish sharti bilan ruxsat berildi”, — dedi manba.
Fransiya Iroq va Suriyada IShIDni bombardimon qilishda qatnashayotgan 65 ta davlatdan iborat koalitsiya tarkibiga kiradi. Parijdagi 13-noyabr kungi teraktlardan so‘ng, Fransiya Suriyada yanada shiddatli bombardimonlarni boshladi.
Izoh (0)