Gruziya adliya vazirligi mamlakat prezidenti Georgiy Margvelashviliga murojaat qilib, sobiq prezident, Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvilini respublika fuqaroligidan mahrum etishni tavsiya qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Ukraina fuqarosi Mixail Saakashvilini Gruziya fuqaroligidan mahrum qilish jarayoni boshlanib bo‘ldi. Yakuniy qarorni Gruziya prezidenti qabul qilishi kerak”, — dedi adliya vaziri.
Uning aytishicha, Saakashvilida Gruziya hukumatiga Ukraina fuqaroligini qabul qilishi sabablarini tushuntirib berish uchun bir oy vaqt bo‘lgan, biroq u buni qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziyada Kiyevning Saakashvili Ukraina pasportini olgani haqidagi rasmiy xabarnomasi asosida Saakashvilini Gruziya fuqaroligidan mahrum etish tartibi boshlangan edi.
Izoh (0)