Dog‘istonning Xasavyurt shahrida noma’lum shaxslar salafiylar masjidlaridan birining imomi Sulaymon Sulaymonovni otib tashladi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qotillik 1-dekabr kuni sodir etilgan. Lada Priora’da harakatlangan noma’lum kimsa avtomatik o‘qotar quroldan Sulaymonov haydab ketayotgan Toyota Land Cruiser’ga qarata ko‘p marta o‘q uzgan. Olgan jarohatlari tufayli u Xasavyurt markaziy shifoxonasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
22 yoshli Sulaymonovning o‘ldirilishi holati bo‘yicha tergov organlari jinoiy ish ochdi.
Izoh (0)