Amerikaning Tennessi shtatida harbiy vertolyot qulashi natijasida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Hodisa mahalliy vaqt bilan 2-dekabr kuni 19:00 (Toshkent vaqti bilan 3-dekabr 06:00)da o‘quv-mashg‘ulot parvozi chog‘ida sodir bo‘ldi. Bortdagi ikki uchuvchi qurbon bo‘lgan.
Qutqaruvchilar yonayotgan vertolyotni daryo tubidan topgan. Ayni paytda voqea joyi Fort Kempbell harbiy bazasi politsiyasi va mahalliy huquqni himoya qilish organlari tomonidan qo‘riqlanmoqda.
Halokat sabablari ma’lum qilinganicha yo‘q.
Izoh (0)