Braziliyada prezident Dilma Russeffni iste’foga chiqarish uchun impichment jarayoni boshlandi. Bu haqda Associated Press bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
2015-yil iyul oyida, Russeffning hukumatdagi jamoasi mablag‘lardan noqonuniy foydalanganligi haqidagi xabarlar tufayli, muxolifat prezidentga nisbatan impichment qo‘llashga chaqirgan edi.
Russeffning o‘zi Petrobras davlat neft kompaniyasiga aloqador korrupsiya mojarosiga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilib kelgan.
Izoh (0)