Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT rahbarligida yagona aksilterrorchilik frontini yaratishga chaqirdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
“Bugun biz vayronkor varvarlik mafkurasi bilan yuzma-yuz to‘qnashdik, biroq birdan paydo bo‘lib qolgan jaholatparastlar o‘z maqsadlariga erishishiga yo‘l qo‘yishga bizning haqqimiz yo‘q”, — dedi Putin Federal majlisga an’anaviy murojaatini o‘qib berar ekan.
“Barcha ixtiloflarni chetga surib qo‘yib, BMT rahbarligida xalqaro huquq asosida faoliyat olib boradigan bitta qudratli yagona aksilterrochilik frontini tuzish kerak”, — dedi prezident.
Izoh (0)