Fransiya politsiyasi Belgiya bilan chegara yaqinida joylashgan Giveld kommunasida sement kukuni solingan avtosisterna ichida 19 nafar muhojirni topdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” hukumatga tayanib.
Aniqlanishicha, muhojirlar yuk mashinasiga haydovchilarning dam olish hududida chiqib olgan. Ular Buyuk Britaniyaga boramiz, deb o‘ylagan, biroq transport vositasi Belgiyaga qarab yo‘l olgan.
Haydovchi avtomobildan shovqin chiqayotganini sezgan va Belgiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktida huquq-tartibot kuchlariga murojaat qilgan, ular esa ushbu muhojirlarni aniqlagan.
Televideniye xabariga ko‘ra, avtosisternadan topilgan muhojirlar qo‘yib yuborilgan, biroq ularning ikki nafari zaharlanishi tufayli tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.
Izoh (0)