Indoneziyaning Sumatra orolidagi Bengkulu provinsiyasida 3-dekabr kuni yer ko‘chishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha milliy boshqarmaga tayanib.
Yer o‘pirilishi ertalabki soatlarda Lebong Tandai aholi punkti hududida yuz berdi, natijada bir nechta turar-joy ko‘chki ostida qoldi.
Ofatga sel kelishi sabab bo‘ldi. Voqea joyi tepaliklarda bo‘lib, u yerda avvallari oltin konlari joylashgan bo‘lgan.
Izoh (0)