AQShning Minnesota shtatida istiqomat qiluvchi Charli Byornstrom yarim yilda 655 kilogrammli qovoq yetishtirdi. Mavsum oxirida esa u mahalliy aholiga bayram uyushtirib, ushbu qovoq bilan avtomobilni majaqlashga qaror qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Bu tomoshaga 400 ga yaqin odam yig‘ildi. Tashrifchilarga bir dollar evaziga chipta sotib olish taklif qilindi — mazkur chipta majaqlanajak avtomobil uzra 25 metr balandikda osilib turgan qovoqni qo‘yib yuboradigan arqonni tortish huquqini yutib olish uchun imkoniyat berardi.
Bu huquqni ikki yoshli Emmett Piterson qo‘lga kiritdi. Qovoq va mashinaning “uchrashuvi” quyidagicha yuz berdi:
https://www.youtube.com/watch?v=vvsejhF0tH4
https://www.youtube.com/watch?v=QNSMGZ--bQA
Tadbirda 360 dollar to‘plandi, bu pullar mahalliy bolalar uchun bepul kitoblar tarqatish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotga o‘tkazib beriladi.
“Mashinani sen majaqlab tashladingmi?”, — deb so‘radi Pitersondan Grand Forks Herald muxbiri Mett Xenson. “Yo‘q, bu ishni qovoq qildi”, — deya javob berdi bolakay.
Izoh (0)