Yevroparlament tomonidan topshiriladigan Andrey Saxarov nomidagi “Fikr erkinligi uchun” mukofoti saudiyalik publitsist Raif Badaviyga nasib etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Raif Badaviy — huquq himoyachisi, publitsist va Free Saudi Liberals sayti asoschisidir. 2012 yili u o‘z saytida diniy qadriyatlarni tahqirlaganlik aybi bilan hibsga olingan. Badaviy 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va ming darra qamchi bilan jazolangan.
Andrey Saxarov nomidagi “Fikr erkinligi uchun” mukofoti 1988-yili Yevropa parlamenti tomonidan ta’sis etilgan. 2015-yilgi taqdirlash marosimi 16-dekabr kuni Yevroparlament majlisi vaqtida bo‘lib o‘tadi. Mukofotning sovrin jamg‘armasi 50 ming yevroga teng.
Ma’lumot uchun, 2015-yilgi mukofotga da’vogarlar uchligidan, Badaviydan tashqari, 2015-yil fevralida otib ketilgan rossiyalik muxolifat arbobi Boris Nemsov hamda Venesuela muxolifati ham o‘rin olgandi.
Izoh (0)